Jaloliddin Mirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jaloliddin JM
Jaloliddin Mirzayev Fahriddin oʻgʻli
Foto
Jaloliddin Mirzayev (2016-yil, Toshkent)
Tugʻilgan paytidagi ismi: Jaloliddin Mirzayev Fahriddin oʻgʻli
Tavalludi sanasi: 28-iyul, 1996 (1996-07-28)(21 yosh)
Tavalludi joyi: Chimkent, Qozogʻiston
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari: 2011 – hozirgi kun
Leybl: JMedia Group
Kasblari: qoʻshiqchi, boshlovchi, bloger
Janr: Pop
www.JM.uz Instagramdagi rasmiy sahifa
Jaloliddin Mirzayev va uning imzosi.

Jaloliddin Mirzayev oʻzbek qoʻshiqchisi, teleboshlovchi va bloger/vloger. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrida yashaydi hamda ijod qiladi.

Shou-biznesdagi ilk faoliyatini 2012-yilda boshlagan. Ilk kuylagan qoʻshigʻi „Yoʻq“ deb nomlangan. Jaloliddin Mirzayev ilk vokal saboqlarini taniqli ijodkor Ma'mura Qurbonovadan olgan. Hozirgi kunga qadar yakkaxon qoʻshiqchi sifatida muvaffaqiyat qozonmoqda va ijodining qizgʻin pallasi 2017-yildan boshlandi.

2018-yilning yanvar oyida xonandaning Beqarorman nomli ilk albomi va Alamim bor taronasi Apple Music (iTunes), SoundCloud, Spotify, Qobuz kabi musiqiy online-doʻkonlari orqali sotuvga chiqarildi. Shazam musiqiy tizimiga ham kiritildi.

2017-yilda Jaloliddin „Alamim bor“ taronasiga oʻzining ilk klipini suratga oldi. Suratga olish jarayonlari Chirchiq shahrida boʻlib oʻtdi. Klip Oʻzbekistonning „Mening Yurtim“ (MY5) hamda „S-Ikbol“ (Xorazm) telekanallarida shuningdek, YouTubedagi mashxur ELLO kanalida premyera qilindi. Tez kunlarda Rossiyaning „TMB-TV“ teleradiokanalida ham klipni rotatsiya qilish rejalashtirilgan.

Ijodkorning televideniyedagi faoliyati 2016-yilning mart oyidan boshlangan. U „Mening Yurtim“ (MY5) telekanali tomonidan tashkil etilgan „Telekasting“ tanlovida gʻolib boʻlib, kanalga ishga qabul qilingan. Jaloliddin hozirgi kunga qadar ana shu kanalning 10 ga yaqin koʻrsatuvlarida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi va 500 ga yaqinda turli xil audio-video tayyorlab efirga uzatishga ulgurdi.

Jaloliddin Mirzayev uchun suxandonlik kasbi ham begona emas. 2011-yildan buyon 500 ga yaqin turli xil ovozli reklamalar, radio efirlar uchun imidj ovozlarni tayyorladi. Ayni vaqtda u „Mening Yurtim“ (MY5) telekanali, „Hamkorbank“ ATB, Oʻzbekiston havo yoʻllari MAKning rasmiy ovozi hisoblanadi.

Oilasi[tahrir]

  • Fahriddin Mirzayev (otasi)
  • Lola Mirzayeva (Pulatova) (onasi)
  • Sirojiddin Mirzayev (ukasi)
„JMedia Group“ leybli logotipi.

Leybl[tahrir]

Jaloliddin Mirzayev 2017-yil soʻngida JMedia Group leybliga asos soldi va hozirgi kunda mana shu nom ostidagi ovoz yozish hamda vizual materiallarni ommaga tarqatish studiyasida ijod qilmoqda.

Diskografiyasi[tahrir]

Yil Albom
2018 Beqarorman
2018 Alamim bor

Qoʻshiqlari[tahrir]

„Alamim bor“ klipidan foto lavha („Mening Yurtim“ telekanali boshlovchisi, aktrisa Madina Nigʻmatullayeva bilan)
Yil Qoʻshiq nomi Bastakor
2013 „Meni kechir“ (Voxid bilan)
„Sevmaysan“ (DJ Shakh bilan)
2014 „Endi kutma“ (UmiD.uZ bilan) Shaxboz va Navruz dueti ijodkorlari, DJ JoHa
„Taqdir“ (Mr.X bilan)
„Endi kutma“ (Remix) DJ Martin Wonderland
„Qizaloq“ (Azizjon Qosimov bilan) Azizjon Qosimov
„Sensan“ (Azizjon Qosimov bilan) Azizjon Qosimov
„Endi kutma“ (Slow mix) DJ Tennor
2015 „Beqarorman“) Shaxboz va Navruz dueti ijodkorlari
„Beqarorman“ (Remix) DJ Martin Wonderland
„Beqarorman“ (Slow mix) DJ Tennor
„Yoron-ey“ Ilhom Sulton
2016 „Alamim bor“ Shaxboz va Navruz dueti ijodkorlari
2017 „Goʻzal yor“ (UmiD.uZ bilan) DJ Xusnish
„Mening Yurtimda bayram!“ (Lui Amri bilan) DJ Xusnish

Kliplari[tahrir]

Yil Klip nomi Rejissor
2017 „Alamim bor“ Baxtiyor Nabiyev
2018 „Beqarorman“ (rejalashtirilgan) Shavkat Ubayev, Baxtiyor Nabiyev

Koʻrsatuvlari[tahrir]

„#HASHTAG“ koʻrsatuvidan fotolavha.
Yil Koʻrsatuv nomi Efirga uzatilgan telekanal Lavozimi
2016-yil iyul — sentabr „NON-STOP: Wi-Fi“ Mening Yurtim (MY5), Sevimli-TV Boshlovchi, muxbir
2016-yil sentabr — noyabr „NON-STOP“ Mening Yurtim (MY5), Sevimli-TV Muxbir
2016-yil noyabr — 2017-yil mart „#HASHTAG“ Mening Yurtim (MY5), Sevimli-TV Muallif, muharrir, muxbir
2017-yil mart — noyabr „#HASHTAG“ Mening Yurtim (MY5), Sevimli-TV Muallif, muharrir, boshlovchi, muxbir, montaj operatori
2017-yil dekabr „HAPPY TIME“ Mening Yurtim (MY5) Muallif, muharrir, boshlovchi, muxbir, montaj operatori
2017-yil mart – hozirgi kun „Markaziy Studiya“ Mening Yurtim (MY5) Muxbir

Qoʻshimcha manbalar[tahrir]